← Psixiatr.uz

Vahima, qo'rquv va nevrozdan
xalos bo'lish — 10 ta video dars

Psixiatr, psixoterapevt Zebiniso Ahmedovadan. Bepul, ro'yxatdan o'tmasdan.
🎥 10 ta dars💳 To'lovsiz⏱ Istalgan vaqtda

Yurak to'satdan tez ura boshlaydi. Nafas yetishmaydi. «Hozir o'laman» degan qo'rquv keladi. Tez yordam chaqirasiz — kelishadi, tekshirishadi, «hammasi joyida» deyishadi. Bir hafta o'tib hammasi qaytadan takrorlanadi.

Bu yurak kasalligi emas. Bu — vahima xuruji. U asab tizimining holati va davolanadi.

Quyidagi 10 ta darsda buning nima ekanini, nega aynan sizda boshlanganini va nima qilish kerakligini tushuntiraman. Darslar ketma-ket ko'rilgani ma'qul.

Eslatma: video darslar ma'lumot beradi va shifokor ko'rigining o'rnini bosmaydi. Holatingiz og'ir bo'lsa yoki uzoq davom etayotgan bo'lsa — qabulga yoziling.
«Qo'rquv va vahima» kitobi — muqova

📕 «Qo'rquv va vahima» kitobi — BEPUL demo

Kitobimning 30 varaqlik demo versiyasi. Ichida uchta haqiqiy keys, xavotirning olti turi, ikkita test va «Tozalanish» mashqi. Kitob bilan birga 12 ta kundalik ham bor — kun ora, har birida bitta mashq. Hammasi bepul, to'lovsiz.

Darslar

▶️ Barcha 35 ta darsni ko'rish

Keyingi qadam

Holatingizni raqamda ko'ring

Xalqaro skrining testlari — vahima, xavotir va depressiya bo'yicha. Bepul, javoblar hech qayerga yuborilmaydi. Natijani qabulga olib keling — shifokor uchun bu boshlang'ich nuqta bo'ladi.

Qabulga yozilish

Psixiatr qabuli — 500 000 so'm. Onlayn konsultatsiya ham mumkin. Assistentning 15 daqiqalik suhbati bepul.

103 — shoshilinch yordam. Agar o'zingizga zarar yetkazish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, video ko'rib o'tirmang — hozir 103 ga yoki +998 95 166 26 62 raqamiga qo'ng'iroq qiling. Bu holat o'tadi va davolanadi.